O'quvchilar uchun

Yangiliklar arhivi

Dizayn
Bu bo'lim yangi bo'lib, bu erda zamonaviy dizaynerlarni etishtirib chiqaradi. Dizayn bo'limida o'z kasbining ustalari, katta tajribaga ega bo'lgan ustozlar dars beradi va dizayn san'atining sirlarini o'quvchilarga o'rgatishladi.

 

Komp’yuter dizayni
Ush bu yangi bo'lim, jaxon talablariga javob bera oladigan komp'yuter grafikasi va multiplikatsiya bo'limdir. Kompyuter dizayni o'quvchilari yangi zamonaviy programmalardan foydalanib turli kompozitsiya va loyixalar tuzadilar.

 

Ganch san'ati
Bu bo'lim kollej bo'limlari orasida yuqori o'ringa ega. Bu bo'limda o'quvchilarga yuqori malakali mutaxassislar va tajribali ustalar bilim beradi.

 

Zardo’zlik san’ati
Zardo’zlikning asli vatani Gretsiyadir. U erda zardo’zlar o’z kiyimlarini zar iplardan va jun iplardan foydalanib bezaganlar. Buhoro honligida esa honning kiyimlari oltin iplar bilan tikilgan va bezatilgan. XX-XI asrga kelib zardo’zlik yangi yo’nalishda rivojlanib aloxida san’at sifatida ajralib chiqdi. Bizning kollejimizga o’qtuvchilarga turli hildagi gul shakllarini tikishni o’rgatadilar. O’quvchilarimiz turli san’at tanlovlarida qatnashib fahrli o’rinlarni egallaganlar.

 

Modalar bo'limi
Kolledjimizning moda bo’limiga kirish uchun katta konkursdan o’tish lozim. Bu erda kasb maxorati yuqori bo’lgan o’qituvchilar dars beradi. Talabalar yangi zamonaviy moda va kiyim sirlariga ega bo’lib, Respublikamizdagi turli ko’rik – tanlovlarida ishtirok etadilar. Ayrim ko’rik – tanlovlarning 1-2 o’rinlarini bizning talabalarimiz egallaganlar.

 

Chinni idishlarga gul chizish san'ati
Bizning bu bo’limimiz katta e’tiborni talab qiladi. Darslarni malakali ustozlar olib boradi. Bu san’atning qadimgi ildizlari ko’xna Xitoyga borib taqaladi. Keyinchalik esa O’rta Osiyoda ham tarqaldi.Chini idishlar bizning xayotimizda katta axaliyatga ega. Talabalar xam bu soxaga katta qiziqish va mexr bilan qaraydilar.

 

Rassomchilik san’ati
Rassomlik san’ati juda qadimiy san’at bo’lib, uning tarixi qadim-qadimlarga borib taqaladi. Rassomchilik san’ati eng qadimiy san’atlardan biri bo’lib, uning tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu san’atga talab katta bo’lganligi sababli kollejimizda rassomchilik san’ati bo’limi ochildi. Bu bo’limimizda yuqori tajribaga ega bo’lgan pedagoglar ta’lim berishadi. Rassom talabalarimiz o’z asarlari bilan juda ko’p ko’rgazmalarda qatnashadilar.

 

Yog’och o’ymakorligi
Qadimgi san’atlardan biri bo’lgan yog’och o’makorligi bo’limi bilim yurtimizning faxri hisoblanadi. Kollejimiz ustozlari talabalarga dars berish bilan birgalikda, yoshlarni bozor iqtisodiyottida raqobatdoshlik ruhida tarbiyalaydi.

 

Gilam to'qimachilgi san'ati
Gilam to’qish va to’qimachilik san’ati juda qadimiy soha hisoblanadi. Bu san’at turi hunarmandchilik, sohasida go’zallik sanaladi. Bu bo’limimizda yuqori tajribaga ega bo’lgan ustozlar ta’lim beradi.

 

Reklama bo’limi
Reklama bo’limimiz tashkil etilganligiga 3 yilgina bo’ldi. Bo’limimiz talabalari Respublika va xalkaro ko’rgazma, tanlovlarda qatnashadilar. Reklama bo’yicha mutaxassislarga talab juda katta. Pedagoglarimiz o’z kuchlarini ayamay talabalarga ta’lim bermoqdalar.

 

Zargarlik san’ati
Zargarlik san’ati eng qiziqarli va go’zaldir. Zargarlik bo’limi talabalari sabrli va fantaziyaga boy bo’lishi kerak. Fakultet o’qituvchilari san’atkor va istedodli insonlardir.