O`quvchilar uchun

Все о погоде - Pogoda.uz

Axborotlar 2016

2016 yil 14 may

     2016 yil 14 may kuni kollej faollar zalida 15 may Oila kuni munosabati bilan “Oilaning olitin qo’rg’oni” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirad Uchtepa tuman Xotin qizlar qo’mitasi raisi M. Kabulovna, “Shirin” MFY maslahatchisi G. Xasanovalar ishtirok etishdi.

2016 yil 13 may

    Aniq fanlar kafedrasi o’qituvchisi To’xtamishova N. Maksimqulova Sh. lar tomonidan o’quvchilarni inntelektual salohiyatini oshirish yangicha fikrlash yot g’oyalarga qarshi kurashish maqsadida INFOMAT-SHOU tadbiri o’tkazildi.

2016 yil 7 may

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2016 yil “Umumxalq bayrami-Xotira va qadrlash kunini nishonlashga tayorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi  4793-F-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan EDO-07/1-274-sonli topshirig’i ijrosi bo’yicha Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  "Chig’atoy" hamda "Minor" qabristonida O’zBAda faoliyat yuritgan marxum san’atkorlar qabrlarida tozalash ishlari olib borildi

2016 yil 5 may

    2016 yil 3 may kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2016 yil “Umumxalq bayrami-Xotira va qadrlash kunini nishonlashga tayorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi  4793-F-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan EDO-07/1-274-sonli topshirig’i ijrosi bo’yicha Uchtepa tumani Shirin MFY 34 uy 21 xonadonda istiqomat qiluvchi 1929 yilda tug’ilgan Abitova Xadicha Davranovna, 23 uy 69 xonadonda istiqomat qiluvchi 1927 yilda tug’ilgan Stukavenkov Georgiy Pavlovich, 10 a uy 27  xonadonda istiqomat qiluvchi 1919 yilda tug’ilgan Saukaya Polina Kapitanovna lar xonadoniga Respublika Dizayn kolleji ma’muriyati, pedagog xodimlar va o’quvchilar tashrif buyurishib, faxriylarni 9 may Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab ularga sovg’a-salomlar berishdi.

2016 yil 4 may

     2016 yil 3 may kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2016 yil “Umumxalq bayrami-Xotira va qadrlash kunini nishonlashga tayorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi  4793-F-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan EDO-07/1-274-sonli tapshirig’i ijrosi bo’yicha Uchtepa tumani Shirin MFY 4 uy 61 xonadonda istiqomat qiluvchi front ortida hizmat qilgan mehnat faxriysi Akimova Zinaida hamda 4 uy 63 xonadonda yashovchi urush faxriysi Ablyalimov Abduraim otalar xonadoniga Respublika Dizayn kolleji ma’muriyati, pedagog xodimlar va o’quvchilar tashrif buyurishib, faxriylarni 9 may Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab ularga sovg’a-salomlar berishdi.

2016 yil 3 - 6  may

     2016 yil 3-6 may kunlari kollej vaollar zalida “Tinchlik eng aziz ne’mat” mavzusida tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbirda “Shirin” MFY maslahatchisi G. Xasanova ishtirok etdi.

2016 yil 3 may

     Shu yilning 3-may sanasida Respublika Dizayn kollejida “Xotira va qadrlash” kuniga bag’ishlab tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga 2-jahon urushi davridagi urush va mehnat qahramonlari taklif etildi.Shu bilan birga tadbirda Uchtepa tumani mudofa bo’limi boshlig’i, Telekomunikatsiya yo’nalishidagi Toshkent harbiy akademik litseyi o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etishdi. Bayramona tadbirni Respublika Dizayn kolleji rus tili va adabiyoti o’qituvchilari 1-bosqich 30-31, 39, 41, 45, 52 guruh 2-bosqich 4, 13, 24, 25-26 guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda o’tkazishdi. Tadbir so’ngida mehmonlarga esdalik sovg’alari berildi.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeIdb33a07ae6f

2016 yil 18-22 aprel

     Joriy yilning 18-22 aprel’ kunlari O’zbekiston Badiiy Akademiyasi qator tashkilot va o’quv muassasalari bilan hamkorlikda “Sog’lom ona va bola yili”ga bag’ishlangan an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ni o’tkazadi. Unda taniqli rassomlar va hunarmandlar, qo’li gul ustalar, san’atshunos olimlar, o’qituvchilar, talaba yoshlar va mehmonlar ishtirok etishadi.

     “Tasviriy va amaliy san’at festivali” Markaziy Ko’rgazmalar Zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Kamoliddin Behzod memorial bog’-muzeyida shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha  viloyatlarda  o’tkaziladi.

     Festival’ doirasida Ozarbayjon, Eron, Indoneziya, V’yetnam, XXR, Slovakiya, Hindiston, Italiya va Bangladesh kabi diplomatik vakolatxonalarning ko’rgazmalari bo’lib o’tadi.

     Festival’ doirasida turli ko’rgazmalar, konsertlar, taniqli ijodkorlar ishtirokida mahorat darslari, milliy liboslar namoyishi, qiziqarli uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazililadi.

     5 kun davomida telemonitorlarda O’zbekiston madaniyati va san’atiga bag’ishlangan fil’mlar namoyish etiladi.

     Taniqli qalam ustalari bilan birga festival’ doirasida o’quvchi talabalar hamda yosh iqtidorli rassomlarning ham ishlari namoyish etiladi.

     Besh kun davomida san’at muhlislari joyning o’zida ijodiy jarayon bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Asarlar Markaziy Ko’rgazmalar Zali va uning atrofidagi ko’cha va maydonlarda namoyish etiladi.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeId2719b27490

2016 yil 8 aprel

          2016 yil 8 aprel’ kuni kollej faollar zalida Respublika Dizayn kolleji bilan O’zMTDP Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashi, “Ayollar qanoti, YOshlar qanoti” hamda Uchtepa tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamkorligida “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli” loyixasi asosida “Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida tadbir o’tkazildi.

      Tadbir davomida “Sohibqiron yosh musavvirlar nigohida” rasmlar ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda g’olib chiqqan o’quvchilar O’zMTDP Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashining maxsus sovg’a va diplomlari bilan taqdirlandilar.

Tadbirda Sohibqiron Amir Temur xayotidan xikoya qiluvchi lavhalar va xujjatli fil’mlar namoiysh etildi.

 

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeIdc4ee31039d

2016 yil 7 aprel

     Mamlakatimiz mustaqillikka eirishgandan kundan boshlaboq ayollarning jamiyatda tutgan o’rni o’zgardi. Davlat tomonidan ularga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar dunyoning boshqa biror bir mamlakatida uchramaydi. Qizlarimizning o’z iqtidorlarini yuzaga chiqarishlari uchun ular o’rtasida turli tanlovlar, festivallar va musobaqalar o’tkazib kelinmoqda.

    Jumladan, 2016 yil 7-aprel kuni kollejimiz faollar zalida 1-kurs o’quvchi qizlari o’rtasida “Balli qizlar” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Unda 1-bosqichda tahsil olayotgan sakkiz nafar o’quvchi o’z iqtidorlarini turli shartlar asosida sinovdan o’tkazishdi. Tanlovda qo’yidagi o’quvchilar ishtirok etishdi:

1-bosqich 34-guruh o’quvchisi Jamolova Dilyora

1-bosqich 37-guruh o’quvchisi Xomiljonova Maftuna

1-bosqich 40-guruh o’quvchisi Abdullayeva SHaxlo

1-bosqich 41-guruh o’quvchisi Sultonmurodova Aziza

1-bosqich 47-guruh o’quvchisi Ulug’bekova Umida

1-bosqich 54-guruh o’quvchisi Raximberdiyeva Kamola

1-bosqich 57-guruh o’quvchisi Nazirjonova Vazira

1-bosqich 59-guruh o’quvchisi SHaropova Dildora.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeIdb3b3e347fe

2016 yil 6 aprel

6 aprel “Badiiy etnografik va milliy libos” va “Landshaft dizayni” kunida

  1. Kairova N. tomonidan namunali dars “Brendlar” mavzusida 1 kurslarga bo`lib o’tdi. Juda qiziqarli bo’lib, Nizomiy nomli TDPU talabalari, kollej o’qituvchilari qatnashib, yuqori baholadilar.
  2. “Xovli-joy” maxorat darsi –  rahbari Fatillaev X.
  3. “Yubka bichimidan shortik modellashtirish” maxorat darsi –  rahbari Abduraxmanova F.
  4. “Batik trafareti” maxorat darsi –  rahbari Ilxamova F.
  5. “Manekenga libos yaratish”- maxorat darsi –  rahbarlari Zaidjanova, Ilxamova F.
  6. “Искусство батика” maxorat darsi – rahbari Lukashova A.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeIde94419dab3

2016 yil 5 aprel

5 aprelda “Reklama” va “Dizayn” kunida

  1. Ryabtsev - “Logotip yaratish” mavzusida 1 kurs uchun namunaviy dars o’tkazdi. Kollej o’qituvchilari tashrif etdilar. Yangi pedagogik texnologiyalar tadbiq etildi.
  2. “Stizatsiya” maxorat darsi –  rahbari Ismoilov D., Raxmonov J.

     Boshqa soxalarda olyapgan 350 ga yaqin o’quvchilar qiziqib tomosha qilib, ancha yangiliklar bilan tanishdilar.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeId65886b4196

2016 yil 4 aprel

    2016 yil 4 aprel kuni O’zMTDP Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashi, “Ayollar qanoti va Yoshlar qanoti”, Tuman Kamolot YOIX, Respublika-Dizayn kolleji bilan hamkorlikda “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli” loyixasi asosida “Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida 1 bosqich o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazildi. Davra suxbatida O’zMTDP Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashi, “Ayollar qanoti va YOshlar qanoti”, Tuman Kamolot YOIX yetakchisi J.Yarmatov, Respublika-Dizayn kolleji o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Davra suhbatida Sohibqiron Amir Temur davri xaqida o’quvchilarga ma’lumot berildi. Davra suhbati jarayonida o’quvchilar Amir Temur va temuriylar davriga oid qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Suhbat yakunida Sohibqiron Amir Temurning 680 yillik tavallud ayyomi yil davomida nishonlanishi va tadbirlarimiz yana O’zMTDP Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashi bilan hamkorlikda o’tkazilishi aytib o’tildi.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeIdd0519806a5

2016 yil 4 aprel

4 aprel 2016 yilda RDKda an’anaviy “Dizayn xaftaligi” o’z ishini boshladi.

4 aprel – “Inter’er dizayni” va “Me’moriy dekorativ dizayni” bo’limlari kunida turli tadbirlar o’tdi:

  1. “Qog’oz plastikasi” maxorat darsi – rahbari Shoakmalov Sh.
  2. “Tekstura, faktura” – maxorat darsi – Bilolov D.
  3. “Talabalar shaxarchasi”- maket maxorat darsi - Muxamedova G. va Ibroximjonov N.

Bu tadbirlar kollej o’quvchilarida qiziqish uyg’atib 400dan ortiq o’quvchi tomoshabin bo’ldi.

“Bionika – davr fani” mavzusida davra suxbat va prezentasiyani Muxamedova G. va Ibroximjonov N. tomonidan uyushtirildi. O`quvchilarda bu fan kata qiziqish uyg`atdi.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeIdc1b39b3235

2016 yil 25 mart

     2016 yil 25 mart kuni Respublika Dizayn kollejida 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi ijrosi hamda Navro‘z ayyomi munosabati bilan Tasviriy san’at bo‘limi 3 bosqich 76 guruh o‘quvchisi Mamasolieva Buxanifa va 1 bosqich 52 guruh o‘quvchisi Muhammadalieva O‘g‘iloyning “Nafis xilqat” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmani kollej direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Murodov Sh.Sh. ochib berdi. Ko‘rgazmada tasviriy san’atning portret va natyurmort janrlaridagi asarlar namoyish etildi. Ko‘rgazmada bir qator mehmonlar, pedagog xodimlar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeIddd38f958b4

2016 yil 21 mart

2016 yil 12 mart

     2016 yilning 12-mart kuni Toshkent shahar hokimining 2016 yil 9-martdagi 211-sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublika Dizayn kollejida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazildi. Ushbu umumxalq xayriya xasharida kollej hududiga 75 ta manzarali, 150 ta mevali, 25 ta ignabargli daraxtlar hamda 60 ta gul ko‘chatlari, 320 ta bir yillik gullar ekildi. Xayriya xashari davomida 358 nafar kolej o‘quvchi va xodimlari ishtirok etdilar. Xayriya xashari uyushqoqolik va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeId5cd096f433

2016 yil 8 mart

 

2016 yil 2 mart

     2016 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi 07/02-08-1-sonli “Madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi” ijrosini doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan kollejda “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbir o‘tkazildi. Tadbirda mehmonlardan Shoira, jurnalist - Ozoda Bekmuradova, Yurist - Feruza Abdurashidova, O‘zbekiston xalq artisti - Nodira Mahmudova, kinorejissyor - Mansur Abduxalikov va “Davr” guruhi ishtirok etishdi. Tadbir davomida Muhtaram Prezidentimizning “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari o‘quvchi yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat bo‘lib, tadbir mehmonlari aynan mustaqil diyorimizning 25 yil davomida erishgan yutuqlari va o‘tmishiga nazar solgan holda shu yurt mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan istiqlol farzandlari xaqida o‘quvchi yoshlarga ma’lumot berishdi. Tadbir davomidaRespublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Kim edigu – kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli qisqa metrajli film namoish etildi.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeId45d5b5b86e

2016 yil 18 fevral

      2016 yil 18 fevraldan boshlab kollejning dizayn b'olim boshlig'i yetakchi oqituvchisi Temurova Masuda Fayazovna I-bosqich - "Reklama bo`yicha  mutaxassis", "Dizayn", "Inter'er dizayni" va "Landshaft dizayni" guruh o'quvchilariga bir qator namunali darslar o'tkaza boshladilar. Bu darslar turli mavzuda - "Raport", "Raport to'ri", "Raportlarning yetti asosiy qoydasi", "Raportlarni grafik yechimi". Mazkur darslar -birinchidan yosh o'qutuvchilarga dars berish sirlari sifatida yordam bo`ldi, ikkinchidan - yangi pedagogik texnologiyalardan darslarda foydalanish yo`llari, uchinchidan o`quvchilar bilan muloqat turlari ko'rsatilmoqda. Darslarga nafaqat "Dizayn" bo`limi o'quvchilari tashrif buyurmoqda, balki bo`shqa bo`limlar o'qituvchilari ham qatnashmoqdalar. Kollejda Toshkent Davlat Pedagogika Universitetidan "Badiiy grafika" va "Kasbiy ta`lim" fakultetlaridan praktikant talabalar amaliyotlarini o`tishmoqda.Bu turdagi namunali darslsr bu amaliyotchilarga katta taasurot qoldirdi. Bu darslar o`quvchilarga xam ma'qul keldi.

View the embedded image gallery online at:
http://www.rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2016#sigFreeIdccc415c8e3

2016 yil 11 fevral

     O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2016 yil 20 yanvardagi “YOshlar orasida giyohvand vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash tezkor-profilaktik tadbirini tashkillashtirish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 16/6-252-sonli ko‘rsatmasiga asosan, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 1-fevralidan 1-martiga qadar “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunini hayotga tadbiq qilish, “Odam savdosi va Narkomaniyaga qarshi kurash” samaradorligini oshirish maqsadida, Toshkent shahridagi Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishi, giyohvand moddalar iste’mol qilinishining oldini olishga qarshi o‘tkazilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan suhbat jarayonida Tuman IIB TQBA O‘JQKB bo‘linma boshlig‘i O‘. Sotimboev, Uchtepa tuman IIBXOOB VEO‘N va XP inspektori kapitan N.Sobirovalar ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida xozirda 21 asr muoammosiga aylangan Odam savdosi va narkomaniyaning zararli oqibatlari va jamiyatimizda aynan shu illatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xaqida so‘z yuritilib mavzuga oid videofilm namoish etildi. 

2016 yil 22 yanvar

     Kollejda tahsil oluvchi muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanadigan 77 nafar 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi qizlarga Prezident tomonidan sport kiyimlari tarqatildi.

2016 yil 14 yanvar

     Respublika Dizayn kollejida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Uchtepa tuman “Shirin” MFY diniy masalalar bo‘yicha maslahatchi G.Xasanova ishtirok etdi. Tadbir davomida kollej direktori SH.SH. Murodov so‘zga chiqib kollej pedagog ustozlari safida Xarbiy xizmat va O‘zbekiston Qurolli kuchlarida xizmatda bo‘lib xozirda faxriy ustoz bo‘lib yoshlarga ta’lim tarbiya berayotgan ustozlar Madjidov Abduvali, Xamidov SHuxrat, Jalilov Nodirlarni shu jumladan kollej o‘quvchilarini 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni bilan tabriklab ularga kelgusi ishlarida omad, zafarlar tilaklar va aynan Vatan ximoyasi yo‘lida jon fido qilgan mard yigitlar xaqida misollar keltirib o‘tdilar.Tadbir yakunida xarbiy xizmat xodimlariga estalik sovg‘alar berildi.

 2016 yil 14 yanvar

    Kollej pedagog ustozlari safida Xarbiy xizmat va O‘zbekiston Qurolli kuchlarida xizmatda bo‘lib xozirda faxriy ustoz bo‘lib yoshlarga ta’lim tarbiya berayotgan ustozlar Madjidov Abduvali, Xamidov SHuxrat, Jalilov Nodirlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi va tadbir yakunida faxriylarga estalik sovg‘alar ulashildi.

2016 yil 13 yanvar

     2016 yil 13 yanvar kuni Uchtepa tuman "SHirin" maxallasida yashovchi ikkinchi jahon urush qatnashchilari Lavrisheva Lyubov Semyonovna, Tarasenko Vasiliylarning uylariga borib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

 

2016 yil 10 yanvar

     Uchtepa tuman xokimi, Kollej o‘qituvchisi Jalilov Nodir, Xotin qizlar qo‘mitasi, Ma’naviyat bo‘limi boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli YAshnobod tumanida joylashgan xarbiy qismdagi xarbiy xizmatchilarga estalik sovg‘alari berildi.

2016 yil 10 yanvar

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi PQ 1875 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ” “Ijtimoiy-gumanitar” fanlar kafedrasi ingliz tili fani o’qituvchilari Rashidova G.Sh, Yunusaliyeva D.A, Haydarova X.Sh, Meliyeva N 2015 - 2016 o’quv yili qishki ta’til davrida kollej o’qituvchilariga  ingliz tilini o’rgatish bo’yicha o’quv kursini  6.01.2016 – 7.01.2016 kunlari reja asosida o’tkazishdi.

     O’quv kursi ish rejasi CEFR talablariga mos keluvchi A1, A2 bosqichi darajasi talablariga asoslanib tuzildi. O’quv kurs davomida kollej o’qituvchilari og’zaki nutqni o’stirishga qaratilgan tinglab tushunish mashqlarini bajarishdi. Mashg’ulotda grammatik qoidalar minimallashtirilgan xolda, lug’at so’zlarni o’rganish esa mavzular bilan bog’lab o’tkazildi.

2016 yil 8 yanvar

     Mirzo Ulug‘bek tumani faxriy xarbiylariga kollej o‘quvchilari tomonidan tayorlangan estalik sovg‘alari berildi.