O'quvchilar uchun

Yangiliklar arhivi

 18.01.2019 yil

  "ChQBT"    kafedrasi   Psixologiya fani o'qituvchisi Mansurova Guljaxon 104-106 guruh  o'quvchilari bilan "Oila psixologiyasi" fanidan "Oilaviy nizolar va ajralish sabablari" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.  O'quvchilar dars davomida  mavzuga doir baxs-munozara o'tkazishdi. Mavzu bo'yicha tadqiqot izlanishlarini muxokama qilishdi va xulosa chiqarishdi.Dars  hayotiy misollar bilan tushuntirilib, qiziqarli o'tkazildi. 

 18.01.2019 yil

  "Ijtimoiy fanlar "    kafedrasi  "Tadbirkorlik va iqtisodiyot asoslari" fani o'qituvchisi Aralov Jaxongir 107-109 guruh  o'quvchilari bilan "Tadbirkorlik asoalari va ishga joylashtirish" faniidan "Mexnat bozori va ishsizlik" mavzusida ochiq dar o'tkazdi. Dars jarayonida o'qituvchi  multimedia vositalaridan foydalangan xolda dars jarayonida videorolik  namoyish etdi.Dars  hayotiy misollar bilan tushuntirilib, qiziqarli o'tkazildi. 

16.01.2019 yil

  "Gumanitar fanlar "    kafedrasi   "Ingliz tili"  fani o'qituvchisi Rashidova Gulbaxor 104-105 guruh o'quvchilari bilan "Ingliz tili" fanidan "Observation and reflection" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Dars jarayonida o'qituvchi  multimedia vositalaridan foydalangan xolda dars jarayonida prezentatsiya namoyish etdi.

13.01.2019 yil

  "ChQBT"    kafedrasi  tomonidan "14 yanvar Vatan Himoyachilari" kuniga bag'ishlangan tadbirga UCHTEPA tumani mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i yordamchisi podpolkovnik Raximov Odil, UCHTEPA tumani IIB VEON va XPG inspektori Jo'rayev Samandar   ishtirok etishdi va tadbirga tashrif buyurganlarni bayram bilan tabriklab, Vatanparvarlik burchi haqida ma'ruza qildi.

12.01.2019 yil

  "ChQBT"    kafedrasi   Psixologiya fani o'qituvchisi Mansurova Guljaxon10 B sinf o'quvchilari bilan "Ma'naviyat soati" mashg'ulotidan "Tinchlik uchun barcha ma'sul" mavzusida ochiq mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot  hayotiy misollar bilan tushuntirilib, qiziqarli o'tkazildi. 

 20.12.2018 yil 

  "Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasining barcha  o'qituvchilari soat 13 00 -15 00 gacha kollej foyesida "Dizayn"xaftaligining maxorat darslarini namoyish etdi.  Bu yerda "Dizayn" bo'limining o'qituvchilari -Latipxanova M, Yo'ldosheva N, Abbasova N, Kazakova N, Muydinova Z, Pirmatova D.lar tomonidan -layfbox,qish o'yinchoqlari, vitraj, batik, maketlar va b. maxorat darslarini ko'rsatishdi. "Reklama " bo'limining o'qituvchilari -To'laganova N, Abdullayeva N.lar billbord va o'ramlar yaratish maxorat darslarini o'quvchilar bilan birga taqdimot etdi. Ismoilov D, Raxmonov J.lar tomonidan -ekranda taqdimot ko'rsatildi .O'quvchi Mushraipov Rustam kompyuterda qorbobo obrazini Photoshop dasturida yaratib ko'rsatdi.

 Bu tadbirga Uchtepa tumanini maktablarining 7 va 9 sinf o'quvchilarini taklif qilingan edi. Maxorat darslariga 107, 170 va 270 maktab o'qituvchi va o'quvchilari kelib, kollejdan va maxorat darslaridan juda katta taasurotlarga ega bo'lib, bu maktabga kirish ishtiyoqini bildirdi.

 20.12.2018 yil 

"Tasviriy san'at "  bo'limi  "Qish tarovati " mavzusida ko'rgazma bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada  Qishning go'zal tarovati aks ettirilgan ijodiy ishlar, manzaralar , qishga  bag'ishlangan kompozitsiyalar  ko'rgazmasi va taqdirlash bo'lib o'tdi. O'quvchilar faxriy yorliq, sertifikat  va diplomlar bilan taqdirlandi.

20.12.2018 yil 

Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasi etakchi o'qituvchisi Yo'ldosheva Nilufar  10 A sinf o'quvchilari bilan "Sovuq chinnini loyixalarda ishlatish usullari" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda yangi pedagogik texnologiyalar orqali bolalarni taktil xislarini rivojlantirishga undadi.

20.12.2018 yil 

"Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasi etakchi o'qituvchisi Latipxanova Madina 105 guruh o'quvchilari bilan "Bolalar kitobi muqovasini yaratish" mavzusida ochiq dars otkazdi. Bu O'qituvchi darsida innovatsion texnologiyalardan foydalanib taqdimot orqali dars o'tdi. Dars  qiziqarli, mazmunli va o'quvchilar ko'p yangi ma'lumotlar olishdi.

 19.12.2018 yil 

Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasi etakchi o'qituvchisi To'laganova Nodira  10 Z sinf o'quvchilari bilan "Kompyuter grafikasi" fanidan "Tashrif qog'ozini to'g'ri yaratish" mavzusida ochiq dars o'tdi. Bu darsda o'qituvchi innovatsion texnologiyalardan foydalanib taqdimot orqali ta'lim berdi. 

19.12.2018 yil 

Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasi etakchi o'qituvchisi Ismoilov Dilshod  10 B sinf o'quvchilari bilan "Kompyuter grafikasi" fanidan "Fotoeffektlar" mavzusida ochiq dars o'tdi. Bu darsni o'qituvchi  qiziqarli ma'lumotlardan foydalanib ta'lim berdi. 

19.12.2018 yil 

"Tasviriy san'at "  bo'limi o'qituvchisi  Rasulova Elnura Farxotovna  156 gurux o'quvchilari bilan "Akvarel tarovati" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

 19.12.2018 yil 

  Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchilari Raimov Doston 10 v sinfda "Ma'naviyat asoslari" fanidan ochiq dars o'tkazdi.

 

18.12.2018 yil 

 "Dizayn" bo'limi boshlig'i , "Umumiy Dizayn" kafedrasi bosh  o'qituvchisi Temurova Ma'suda ertalabki saflanishda kollejda "Dizayn"  xaftaligi ochilishi   haqida batafsil ma'lumot berib o'quvchilarni va o'qituvchilarni turli tadbirlarga taklif etdi.

17.12.2018 yil 

 "Dizayn" bo'limi boshlig'i , "Umumiy Dizayn" kafedrasi bosh  o'qituvchisi Temurova Ma'suda ertalabki saflanishda kollej o'quvchilariga UNESKO tashkiloti haqida umumiy ma'lumot berdi.

 7.12.2018 yil 

  Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchilari Raimov Doston va Nosirova Nilufar tomonidan 8 dekabr O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul qilinganligi  26 yilligi  munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" tadbiri o'tkazildi. Tadbirda  10 G sinf o'quvchilari Konstitutsiya moddalari haqida ma'lumot berishdi. Saxna ko'rinishi namoyish etishdi.

5-6.12.2018 yil 

Respublika Dizayn kollejida  2 bosqich o'quvchilari bilan Voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida suissid xolatlarini oldini olish bo'yicha "Mening kelajakdagi orzularim"  mavzusida psixologik trening o'tkazildi.

 

 1.12.2018 yil

1 dekabr -Butunjaxon OITSdan himoya qilish kuni munosabati bilan "Ijtimoiy fanlar kafedrasi" tomonidan tadbir o'tkazildi. Tadbir "Ma'naviyat asoslari" va "Milliy g'oya " fan oyligi doirasida  Psixolog Baxodirova Saodat bilan xamkorlikda o'tkazildi. 

 17.11.2018  yil 

 "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchilari Ismoilov Berdiyor va Nosirova Nilufar tomonidan 18 noyabr Davlat bayrog'imiz qabul qilinganligi munosabati bilan ertalabki saflanishda ma'ruza o'qishdi. 

 Saflanish an'anaviy madxiya bilan ochildi.davlatimiz bayrog'i tantanali yuqoriga ko'tarildi. 2 bosqich o'quvchilari tomonidan bayroq xaqida ma'lumot va she'rlar o'qishdi.

  Tadbirga bag'ishlab o'tkazilgan Devoriy gazetalar tanlovida g'olib bo'lgan guruxlar munosib taqdirlandilar.

12.11.2018  yil

"Dizayn" bo'liminig "Umumiy dizayn"  kafedrasi bosh o'qituvchisi M.F.Temurova 2 bosqich Reklama yo'nalishidagi  156 va 157 guruhlarda  "Piktogramma san'ati" mavzusida ochiq dars o'tdi. Bu darsda o'quvchilar berilgan kartochkalar bo'yicha uy vazifalarini bajarishdi, innovatsion texnologiyalardan foydalanib taqdimot orqali yangi mavzu tushuntirildi.darsda og'zaki so'rov, blits savol, tasviriy  metodlardan foydalanildi.

4-14.11.2018  yil  

RIDM va RDK 4-14 noyabr kunlari umumta'lim fanlar olimpiadasining 1 kollej bosqichi o'tkazildi. Olimpiada "Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va Umumta'lim maktablari  o'quvchilarning Umumta'lim fanlari bo'yicha Respublika olimpiadasini o'tkazish va xalqaro fan olimpiadalarni ishtirokchilarini tanlash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq o'takazildi. Olimpiadada jami 22 nafar o'quvchi g'olib deb topildi. G'olib o'quvchilar ertalabki saflanishda tantanali faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. O'quvchilar olimpiadning tuman bosqichiga qatnishish uchun o'qituvchilar ko'magida tayyorgarlik ko'rmoqdalar.

31.10.2018  yil  

Kollej faollar zalida 3 kurs o'quvchilari ishtirokida "MURAD BUILDINGS" kompaniyasi asoschisi va raxbari Murod Toxirovich Nazarov bilan maxorat darsi o'tkazildi.

30.10.2018  yil 

Kollej faollar zalida 3 kurs o'quvchilari bilan birgalikda "Miraziz  Dizayn Group Study"  studiyasi asoschisi  va raxbari  Miraziz Axmedov  bilan maxorat darsi o'tkazildi. Maxorat darsi davomida Miraziz Axmedov yig'ilganlarga interyer dizayni sirlari haqida gapirib berdi.

29.10.2018  yil  

29.10.2018  yil Respublika Dizayn kollejida  “Toshkent shaxrida o'quvchi yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”  85-  sonli qarorning ijrosini  ta'minlash bo'yicha kollej o'quvchilarining o'rtasida  “  Tig' va uning zaraali oqibatlari ”  deb nomlangan vidoefilm namoyish etildi.

  Tadbirda  8- sonli IIB BE va YoO'HPG  katta inspektori mayyor N.Nishonova  

1- sonli IIB BE va  YoO'HPG inspektori leytenant S.O.Abdurasulov

  Prokuror katta yordamchisi 2 darajali yurist B.B. Sharipov,  Kollej o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.

 24.10.2018  yil  

    Kollej faollar zalida 3 kurs o'quvchilari bilan birgalikda "Anor" atelyesi asoschisi va raxbari Dilnoza Umurzakova bilan maxorat darsi o'tkazildi. Uchrashuv davomida dizayner O'z tadbirkorligini qanday boshlaganligini, bu yutuqlarga erishguncha bosib o'tilgan yo'lni o'quvchilarga gapirib berdi. tadbir davomida o'quvchilar  o'zlarini qiziqtirgan savollarga mazmunli javob oldilar. Bitiruvchi o'quvchilar tomonidan tayyorlangan liboslar namoyishi esa tadbirning yanad mazmunli o'tishida xizmat qildi. 

26.09.2018 yil   

  " Adashganlar" nomli hujjatli film namoyishi yuzasidan Respublika Dizayn maktabida tadbir o'tkazildi. 

Tadbirda Uchtepa tuman  IIB VYeO'N va XPG inspektori kapitan S.M. Jo'rayev, Uchtepa tuman IIB VYeO'N va XPG inspektori leytenant S.O.Abdurasulov va maktab o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.   

13.09.2018 yil

" Profilaktika kuni" munosabati bilan xamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarori ijrosi yuzasidan respublika Dizayn kollejida majlis o'tkazildi.

Tadbirda  Uchtepa tuman IIB VYeO'N va XPG inspektori kapitan S.M. Jo'rayev, Uchtepa tuman IIB VYeO'N inspektori leytenant S.O. Abdurasulov va kollej o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.

4.09.2018 yil 

2018-2019 o'quv yilining boshlanishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666- sonli qarori ijrosi xamda vaoyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan turli tartibbuzarlik, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish yuzasidan Respublika Ixtisoslashtirilgan Dizayn maktabida majlis o'tkazildi.

Tadbirda Uchtepa tuman IIB xodimlari  Podpolkovnik J.R.Ravshanov, Podpolkovnik   A.A.Amirov, Podpolkovnik O'.B.Almeshov , Maxalla xotin qizlar qo'mitasi a'zosi  N.Fayzullayevna, Uchtepa tuman Maxalla jamg'armasi vakili M.Turdialiyev  va kollej o'quvchilarini ota-onalari  ishtirok etishdi.